Dorixonani boshqarish endi oson
2 daqiqada ko‘ring
Shtrix kod bilan soting, har bir partiya va uning muddatini nazorat qiling, chek chiqaring va hisobotlarni ko‘ring — saytda yoki internetsiz ham ishlaydigan Windows dasturida.
Boshlash uchun karta kerak emas. O‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.
Dorixonaga kerak bo‘lgan hamma narsa
Shtrix kodli kassa
Skanerlang yoki qidiring, pachka yoki dona bilan soting, naqd/karta/o‘tkazma, chek darhol chiqadi.
Muddat nazorati
Ombor partiyalar bo‘yicha yuritiladi; avval muddati yaqini sotiladi, muddati o‘tgani sotilmaydi.
Ombor doim aniq
Kirim, qoldiq, kam qoldiq ogohlantirishi va tugagan yoki muddati o‘tgan partiyalar.
Hisobotlar
Mahsulot, sotuvchi va to‘lov turi bo‘yicha tushum va taxminiy foyda; Excelga yuklash.
Xodimlar va rollar
Sotuvchilar faqat sotadi va kirim qiladi; adminlar mahsulot, narx, xodim va hisobotlarni boshqaradi.
Bir nechta filial
Har bir filialning o‘z qoldig‘i, kassasi va cheklari bor; tovarni filiallar orasida ko‘chiring, hisobotni bitta yoki barcha filial bo‘yicha ko‘ring.
Internetsiz ishlaydi
Windows dasturi internetsiz ham sotishda davom etadi va aloqa tiklanganda hammasini saytga yuboradi.
Xavfsiz va alohida
Har bir dorixona ma’lumoti maxfiy. Har bir amal qayd etiladi; qaytarishni faqat admin qiladi.
Internetsiz ham ishlaydi
Dasturni dorixona kompyuteriga o‘rnating. Internet o‘chganda ham ishlayveradi va aloqa tiklanishi bilan har bir savdo va kirimni saytga o‘zi yuboradi. Egasi hammasini onlayn ko‘radi.
- Sayt bilan bir xil oynalar
- Dastur va saytdagi savdolar avtomatik birlashtiriladi
- Ma’lumotlaringiz saytda ham saqlanadi
Windows 10 yoki 11. Bir marta internet bilan kiring, keyin oflayn ishlaydi.
- 1. Yuklangan Apteka.exe faylini oching (brauzer so‘rasa, «Saqlash» / «Keep» ni tanlang).
- 2. Windows ko‘k oynada ogohlantiradi: «More info» («Подробнее»), so‘ng «Run anyway» («Выполнить в любом случае») ni bosing.
- 3. Dastur o‘zi o‘rnatiladi; saytdagi login va parolingiz bilan kiring.
Windows dasturini o‘rnatish — 1 daqiqa
Narxlar
30 kun bepul. Birinchi to‘lovingizga 30 kun bonus qo‘shiladi.
Narxlar bitta dorixona uchun. Har bir qo‘shimcha filial tarifning 50% i.
Kartaga o‘tkazma, Click yoki Payme orqali to‘lov. Har bir tarifda barcha imkoniyatlar.
Savollar
Bepulmi?
Ro‘yxatdan o‘tgach 30 kun bepul ishlatasiz. Keyin tarifni karta, Click yoki Payme orqali to‘laysiz. Birinchi to‘lovingizga 30 kun bonus qo‘shiladi.
Internetsiz ishlaydimi?
Ha. Windows dasturini o‘rnating: u to‘liq oflayn ishlaydi va internet qaytganda hammasini saytga o‘zi yuboradi. Sayt va dasturdan bir vaqtda foydalanish mumkin.
Shtrix kod skaneri bilan ishlaydimi?
Ha. Kassada shtrix kodni skanerlaysiz yoki nomi bo‘yicha qidirasiz; qoldiq avtomatik kamayadi, avval muddati yaqini.
Yaroqlilik muddatini qanday nazorat qiladi?
Har bir kirim — o‘z yaroqlilik muddatiga ega partiya. Bosh sahifada 30 kun ichida muddati tugaydiganlar ko‘rinadi, muddati o‘tgan partiyalar sotilmaydi.
Bir nechta sotuvchi bir vaqtda ishlay oladimi?
Ha. Har bir sotuvchining o‘z logini va savati bor; egasi barcha savdo, chek va hisobotlarni ko‘radi.
Bizda bir nechta filial bor. Narxi qancha?
Asosiy filial tarif narxini, har bir qo‘shimcha filial uning 50% ini to‘laydi. Mahsulotlar umumiy, har bir filialning esa o‘z qoldig‘i, savdosi va cheklari bor.
Ma’lumotlarim maxfiymi?
Har bir dorixonaning ma’lumotlari alohida saqlanadi: boshqa dorixona sizning mahsulot, savdo va xodimlaringizni ko‘ra olmaydi.
Boshlashga tayyormisiz?
Ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa. Sinov darhol boshlanadi.